20 fevral kuni kech soat 22:30 da Toshkent shahri Olmazor tumani ichki ishlar bo`limiga 159-maktabning 2-sinfida o`qiydigan qizning ota-onasidan ariza tushdi. Unda noma`lum shaxs qizning nomusiga tegishga uringani ma`lum qilingan, deb yozadi «Novosti Uzbekistana».
«Noma`lum erkak qizaloqni o`z velosipediga o`tkazib, Sebzor dahasidagi to`qqiz qavatli uylardan biriga qarab yo`l olgan. U qizni cherdakka olib chiqib, devorga tirab, echintira boshlagan. Shu vaqt qizcha otasi milisiyada ishlashini aytib, baqirgan. Erkak qo`rqqanidan qizni tashlab qochgan», — dedi ichki ishlar xodimlari.
21 fevral kuni Qoraqamish dahasida tartibni saqlash xodimlari tomonidan «Tuzoq» operasiyasi o`tkazilgan. Soat 18:30 larda Olmazor tumanidagi «A`lo» restorani yaqinida shubhali shaxs qo`lga olindi. Taxmin qilinganidek, u velosipedda bo`lgan.
Tekshiruv natijasida u 1984 yilda tug`ilgan, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi fuqaro bo`lib chiqqan. So`roq vaqtida aynan shu shaxs bir kun avval Sebzorda 2-sinf o`quvchisini zo`rlashga uringani aniqlangan.
«Ayblanuvchi bo`yicha zarur hujjatlar to`planib, Olmazor tuman ichki ishlar bo`limiga topshirilgan», — deyiladi xabarda.






