Evropa Ligasi turniri 1/16 final barcha javob uchrashuvlari o`z nihoyasiga etdi.
Angliyada peshqadamlar qatoridan o`rin olgan “Tottenxem” kutilmaganda musobaqani tark etdi, “Fiorentina”, “Zenit” va “Shaxter” kabi klublar ham Evropa Ligasini erta tark etdi.
Shunga qaramay, “MYu”, “Ayaks”, “Rostov”, “Borussiya M” kabi jamoalar o`z yurishini davom ettiradi. Quyida nimchorak final ishtirokchilari bilag tanishing.
"Beshiktosh", "Ayaks", APOEL, "Anderlext", "Roma", "Krasnodar", "Rostov", "Manchester Yunayted", "Shalke", "Lion", "Genk", "Kopengagen", "Borussiya" Menxengladbax, "Gent" va "Selta".
Mazkur jamoalar bugun bo`lib o`tadigan qur`a natijasiga ko`ra juftliklarga bo`linadi.






