Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistening omma oldiga 5 yoshli boston-terer zotli kuchugi bilan chiqishini qizg`in muhokama qilmoqda, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Prezidentning iti dekabr oyining oxirlarida Finlyandiyaning “Yle” nashri u haqda yozgandan keyin mashhur bo`lgan edi, chet ellarda esa unga endi e`tibor qaratilmoqda.
“Savolim uchun uzr, siz fin prezidentining Lennu laqabli itini taniysizmi?”, deb yozdi o`zining Twitter sahifasida jurnalist Kelli Vayll. Prezidentning hamma joyiga itini ko`tarib borishi foydalanuvchilarning ensasini qotirgan va bu haqda ular ijtimoiy tarmoqlarda turli xil izohlar qoldirishgan.






