AsosiyDunyo

​Germaniya aholisi afg`on qochoqlarining deportasiya qilinishiga qarshi bo`ldi

'​Germaniya aholisi afg`on qochoqlarining deportasiya qilinishiga qarshi bo`ldi'ning rasmi

Germaniyaliklar afg`onistonlik qochoqlarning deportasiya qilinishidan norozi bo`lib, namoyishlar o`tkazmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Tunda Shtutgart shahridan nemis hukumati qabul qilmagan, boshpana bermagan qochoqlar mingan uchta samolyot samoga ko`tarildi.

Oqibatda Shtutgart aeroportida va yana bir qancha shaharlarda norozilik namoyishlari o`tkazildi. Ular qonunni bekor qilib, qochoqlarni mamlakatga qabul qilishni talab qilishdi. Ilgari Bundestag nolegal muhojirlarni qabul qilish jarayonini soddalashtirish bo`yicha qonun loyihasini qabul qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar