Toshkent shahar hokimligi, davlat soliq boshqarmasi hamda Markaziy bank bosh boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to`lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida poytaxtimizda bajarilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
Bugungi kunda Toshkentda 274,8 ming nafardan ziyod pensionerlar istiqomat qilayotgan bo`lib, ular uchun oylik talab 167,7 milliard so`mni tashkil qiladi. Ushbu mablag`ni o`z egalariga belgilangan muddat ichida berish ishlari jadal davom ettirilmoqda. E`tiborga molik jihati shundaki, xohlovchilar o`z pensiya yoki nafaqasini plastik kartochka ko`rinishida ham olishlari mumkin. Buning uchun ular o`zlari yashayotgan tumandagi Pensiya jamg`armasi bo`limiga ariza bilan murojaat qilishi, kifoya.






