Brest shahridagi paypoq ishlab chiqaruvchi kombinat cheklangan miqdorda, sovg`a sifatida hadya etish uchun konservalangan erkaklar paypog`ini ishlab chiqardi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Mazkur paypoqlar Vatan himoyachilari kuniga sovg`a sifatida uch mingta konserva qutisida ishlab chiqarildi.
Brest paypoq kombinatining konservalangan paypoqlari savdo do`konlariga chiqarildi. 8 martga ayollarga ham shunday sovg`a tayyorlanishi haqidagi savolga korxona ma`muriyati javob bermadi.






