Qozog`istonning Jambil viloyatida harbiy o`quv mashg`ulotlari o`tkazilayotganda qor ko`chishi oqibatida etti kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
“Ko`ksoy darasida harbiy xizmatchilarga harbiy tayyorgarlik bo`yicha rejali mashg`ulotlar o`tkazilayotganda kutilmaganda qor ko`chdi. Qozog`iston respublikasi IIV tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”, deb xabar berildi Qozog`iston respublikasi Mudofaa vazirligining saytida. Hozircha ko`chkining tagida yana qancha odam borligi noma`lum. Ayni paytda mamlakat bosh qo`mondoni rahbarligidagi tezkor shtab tuzildi.