Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimol. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° dan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 10-15° bo‘ladi.






