2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar hajmi sezilarli darajada oshdi. Jami 89 ta elektron xizmat provayderi 65,7 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 81 foizga ko‘pdir. Tushumlarning asosiy qismi yirik xalqaro kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar orasida Apple — 16,1 mlrd so‘m bilan birinchi o‘rinni egalladi. Google — 14,9 mlrd so‘m, Meta esa 13,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Shuningdek, Valve Corporation 8 mlrd so‘m, OpenAI 2,5 mlrd so‘m, Anthropic 1,5 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirgan.
Qolgan kompaniyalar, jumladan TikTok, Booking.com va Netflix ham soliq tushumlariga o‘z hissasini qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020 yildan xorijiy elektron xizmatlar uchun QQS to‘lash tartibi joriy etilgan bo‘lib, 2025 yildan ro‘yxat yanada kengaytirilgan.






