O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 78,98 so‘mga oshdi va 12 778,12 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 83,40 so‘mga ortdi va 14 931,23 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,85 so‘mga ko‘payib, 164,01 so‘mni tashkil etdi.