Hindistonning Tamilnad shtati rahbari Jayarama Jayalalitaning vafot etganiga chiday olmagan 470 nafar odam qayg`u-alamdan olamdan o`tdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bu haqda “Annadurai nomli dravid taraqqiyoti umum Hindiston federasiyasi” siyosiy partiyasi o`zining Tvitter mikroblogida ma`lum qildi.
“Inqilob etakchisi bo`lgan Onaning o`limini ko`tara olmagan 470 nafar fuqaro olamdan o`tdi. Ularning oilasiga yordam tariqasida pul ajratiladi”, deyilgan xabarda.
Jayaram Jayalalita uzoq yillar davomida Tamiland shtati bosh vaziri vazifasida xizmat qildi. U Hindiston parlamenti yuqori palatasi a`zosi va “Annadurai nomli dravid taraqqiyoti umum Hindiston federasiyasi” siyosiy partiyasiga ham etakchilik qildi. Jayaram Jayalalita o`z karerasini kinoaktrisalikdan boshlagan va mamlakatning eng etakchi siyosatchilaridan biriga aylangan. Jayalalita 5 dekabr kuni Chennai shahrida yurak xurujidan vafot etdi.





