AsosiyShou-biznes

Xonanda Lola yangi oilaviy fotosessiyasini taqdim etdi(Foto)

Xonanda Lola farzandlari Shahina va Shohdiyorning suratlarini kamdan-kam hollarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiradi. Buning sababining Lola intervyulardan birida farzandlarini yomon ko`zlardan asrashi, shuning uchun ham ularning suratlarini hammaga ko`rsatavermasligi bilan izohlagan edi. 

Biroq, so`nggi ikki kun ichida Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning farzandlari bilan tushgan yangi suratlari paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, poytaxtdagi kiyim do`konlaridan biri uchun tashkil etilgan fotosessiyada Lola farzandlari bilan suratga tushgan. 

Avvalroq, xonandaning qizi Shahina onasining konsertida ilk marta katta sahnada “Shirintoy” qo`shig`ini kuylagani haqida xabar bergan edik.





Boshqa yangiliklar