AsosiyJamiyat

Prezident Administratsiyasidagi shtat qisqartirishlar haqidagi xabarlarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasidaga shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirishlar amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

'Prezident Administratsiyasidagi shtat qisqartirishlar haqidagi xabarlarga izoh berildi'ning rasmi

Holat yuzasidan izoh bergan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lumotlar rasman tasdiqlanmaganligini qayd etdi. 

Ta’kidlanishicha, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan Prezident Administratsiyasidan tortib quyi tashkilotlargacha bo‘lgan barcha idoralarda shtat birliklarini maqbullashtirib borish ishlari bu — doimiy jarayon hisoblanadi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda budjet mablag‘laridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash.

“Bu jarayonning hajmi va ko‘lami qay darajada bo‘lishi, mazkur yo‘nalishda tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilganidan keyingina ma’lum bo‘ladi. 

Shu sababli, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu mavzuga doir xabarlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi aniq bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi aniq bo‘ldi

    O‘zbekistonliklar uchun Ramazon hayti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi.

    'Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:48

    Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi

    Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:42

    'Toshkentda bolani urib, uydagi pullarni o‘g‘irlab ketgan enaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:09

    Toshkentda bolani urib, uydagi pullarni o‘g‘irlab ketgan enaga qamaldi

    U xonadon egasi uyda yo‘qligida har safar 1-2 mln so‘mdan umumiy hisobda 118 mln so‘m naqd pul mablag‘larini o‘g‘irlab, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:05

    Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

    Yurish yo‘lagini ta’mirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi.