9 dekabr kuni xonanda Hosila Rahimova poytaxtimizning “Mumtoz” restoranida galdagi qizi Iqbolxonni turmushga berdi.
To`y shodiyonalarida o`zbek san`at vakillarining deyarli barchasi ishtirok etishdi. Munojat Yo`lchieva, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Lola Ahmedova, Munisa Rizaeva, Mahmud Namozov kabi ko`plab san`atkorlar hamkasbining to`yida xizmatda bo`lishdi. Sevgi tarixlari ancha vaqtdan beri davom etayotgan ikki yoshning to`yga tashrif buyurmagan xonandaning o`zi qolmadi.
Hosila Rahimovaning kuyovi Sardorbek asli buxorolik bo`lib, u Toshkent shahrida iqtisodchi sifatida faoliyat yuritadi.
Buxorolik Sardorbek va surxonlik Iqbolaxonning to`ylari ikkala hudud udumlarini qorishtirgan holda bo`lib o`tdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, to`y ssenariysi kelin-kuyovning o`zlari tomonidan tuzib chiqilgan.
Fursatdan foydalanib, ikki yoshga ulkan baxt tilab qolamiz!

















