Ispaniya chempionati 15-turida "Real Madrid" jamoasi o`z uyida "Deportivo" bilan kuch sinashdi va Serxio Ramosning so`ngi daqiqadagi goli evaziga 3:2 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Morata o`yindagi hisobni ochdi, oradan ko`p o`tmay zaxiradan maydonga tushgan mehmonlar vakili Xoselu ikki daqiqa davomida ikkita gol urib, "Deportivo"ni oldinga olib chiqdi.
Shundan kyin "Real" futbolchilarining ketma-ket hujumlari 84-daqiqada o`z samarasini berdi, Vaskesning to`p uzatishidan so`ng Mariano Dias darvozani ishg`ol etib, oradagi muvozanatni tikladi.
Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalar o`tib borayotgan bir vaqtda, Kroos to`pni burchakdan o`yinga kiritdi va Ramos yana o`z uslubida madridliklarni ochko yo`qotishdan qutqarib qoldi.
"Real Madrid" – "Deportivo" 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar: 1:0 – 50 Morata, 1:1 – 63 Xoselu, 1:2 – 65 Xoselu, 2:2 – 84 Dias, 3:2 –90+2 Ramos.
"Real Madrid" – Navas, Pepe, Nacho, Danilo (Marselo, 81), Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Dias, 72), Asensio (Vaskes, 66), Xames, Morata.
"Deportivo" – Titon, Sidney, Albentosa, Navarro, Xuanfran, Gilerme, Borxes, Cholak (Xoselu, 58), Xil, Babel (Fajr, 82), Andone (Moskera, 75).
Ogohlantirish: Borxes (25), Babel (45), Albentosa (59), Morata (70), Navas (88), Ramos (88).





