AsosiySalomatlik

Go`zallik va salomatlik uchun karam

  • Karam barglari qaynatilgan suv bilan har kuni yuz va bo`yin terisini tozalash mumkin.
  • Yuz teringiz yog`li bo`lsa, karam va bodring sharbatidan teng miqdorda aralashtiring. Haftasiga uch marta ushbu  loson bilan yuz va bo`yin terisini arting.
  • Yuzlaringizda sepkil yoki dog` bo`lsa, karam sharbatiga dokani botirib olib, muammoli joyga 10 daqiqaga qo`ying. 30 kun davomida kunora ushbu muolajani amalga oshiring.
  • Agar boshingiz og`riyotgan bo`lsa, karam bargini og`riq turgan joyga bog`lab qo`yish mumkin.
  • Karam bargini maydalab, sutga solib qaynayting. Issiq holida terining ko`kargan, lat egan joyiga surting. Biror mato bilan bog`lab qo`yish ham mumkin. 40 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.
  • Siyrak va to`kiluvchan sochlar uchun karam, limon va ismaloq sharbatini teng miqdorda aralashtirib, 20 daqiqaga sochlarga surtib qo`yish kifoya.
  • Qo`llaringiz dag`allashgan bo`lsa, karam sharbati bilan haftasiga ikki marta vanna qilish yordam beradi. Faqat muolajadan so`ng krem surtishni unutmang.
  • Yangi karam sharbatini kuniga 4-5 marta so`gal ustiga surtish foyda beradi. Dokani karam sharbatiga botirib, kechasi so`gal ustiga bog`lab qo`yish ham mumkin.
  • Karam barglarini qaynoq suvga solib qo`ying. Ular yumshgach, yuzingizga o`simlik yog`i surting-da, karam barglarini qo`ying. 20 daqiqadan so`ng moychechak damlamasi bilan yuving.

Boshqa yangiliklar