Zarur masalliqlar (10 bo`lak uchun): xamiriga: 200 gr. margarin, 2 stakan un, yarim stakan shakar, 2 dona tuxum sarig`i; ichiga solishga: 100 gr. sariyog`, 1 stakan shakar, 3 dona tuxum, 2 ta apelsin, bitta limon, qand upasi.
Tayyorlanishi: 1. Margarin va unni aralashtiring. Yarim stakan shakar va tuxum sarig`ini qo`shing-da, yumshoq xamir qoring. Aylana shakldagi yog`langan qolipga xamirni solib, atrofini ko`tarib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying.
2. Tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, yumshatilgan sariyog` qo`shing. Limon va apelsin po`stini qirg`ichdan o`tkazib, sharbatini siqib oling.
3. Tuxumli aralashmaga limon va apelsin sharbati, qirindisini solib, aralashtirib turgan holda past olovda qaynating. Keyin 1 soat muzlatkichga qo`ying.
4. Kremni korjga solib, pirog yuzini limon bo`laklari bilan bezang-da, qand upasi seping.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.





