AsosiySUG'DIYONA

Qosh shakli yuzingizga mosmi? Urfda qalin koshlar!

Bugun tabiiy ko`rinishdagi yoyilgan qoshlar urfda bo`lib, ingichga terilgan, bo`yalgani yaqqol bilinganlariga talab unchalik emas.

 

ShAKLINI ANIQLAYMIZ!

Mustaqil ravishda qoshning qanot qismini belgilash mumkin. Buning uchun burun teshigining yuqori qismidan ko`zning o`rta qismigacha chiziq o`tkazing. So`ng chiziqni yuqoriga, ya`ni qosh tarafga qarab davom ettiring.

 

Kulcha yuzlilarga...

Qirra qanotli qosh shakli mos kelmaydi. Bu holatda yuz qismlari bir-biriga nomutanosib ko`rinishi mumkin. Qoshingizga shakl berayotganda qirrasiz terilishiga diqqat qiling.

 

Yonoq suyaklari bo`rtib chiqqan...

Bu holatda yumaloq shaklda terilgan qosh shaklini tanlashingiz mumkin. Qoshning boshlang`ich qismi xiyol kengroq, oxiri esa ingichkaroq bo`lgani ma`qul.

 

Yuz shakli uzunchoq bo`lsa...

Yuzingizni xiyol dumaloq ko`rinishga keltirish uchun qosh shakli qirrasiz, tekisroq bo`lishi kerak. Eng muhimi qosh ingichka terilmasligi lozim

 

O`ZINGIZGA MOSINI TANLANG!

«Qanotli»

Uchburchak shakldagi yuz tuzilishiga mos bo`lib, diqqat qilsangiz, qoshning boshlanish nuqtasi hamda oxiri bir xil balandlikda ekanini ko`rasiz.

«To`g`ri chiziqda»

Oval shakldagi yuz tuzilishi uchun ayni muddao. Yuqoriga taralgan qoshlar, bir tarafi salgina ko`tarilgan.

«Yoysimon»

Bu kabi qosh ko`rinishi kvadrat yuz shaklini nafisroq qilishi mumkin. Asosiy sharti esa juda ingichga terilmasligidir.

 

PARVARIShLASh

  • Bir haftada bir marta zaytun, kanakunjut hamda o`simlik moyi yordamida qoshlarni parvarishlab turing. Buning uchun yog`lardan birini bug`li vannada ilitib, paxtaga surting. So`ngra qoshlar ustiga qo`ying-da, 10-15 daqiqaga qoldiring.

Har kuni yuzdan pardozni tozalab olgach, qo`l barmoqlari yordamida qosh ustini engil uqalang. Bu muolaja ushbu sohada qon aylanishini yaxshilab, terini yaxshilaydi. Shu bilan birga qosh ko`rinishiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 

Boshqa yangiliklar