Braziliyaning Santa-Katarina nomli janubiy shtatida zargarlik buyumlarini o`g`irlaganlikda ayblanib, mahalliy polisiya tomonidan qo`lga olingan jinoyatchi qamoqxona eshigining ovqat beradigan tirqishidan qochmoqchi bo`lib, tiqilib qoldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Mazkur voqeani polisiyachilar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Jinoyatchini tirqishdan ozod qilish uchun eshikni buzishga to`g`ri keldi.
09.12.2016 11:32





