Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o`rtacha narx noyabrda oktyabrga qaraganda 2 foizga arzonlab, 564 sh. b. (shartli birlik)dan 551 ga qadar etdi.
Mazkur ma`lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o`z ifodasini topdi. Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 537 sh. b. dan 526 sh. b. ga (-2%) arzonlagan bo`lsa, g`ishtli uylar narxi 2 foizga pastladi — 602 o`rniga 585 sh. b.
Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo`lmoqda: bir xonali kvartiralar — 541 sh. b. (-3%), ikki xonali — 537 (-4%), uch xonali — 571 (o`zgarishsiz), to`rt xonali — 579 (-1%).





