7 dekabr kuni bir necha yillardan buyon O`zbekistonning davlat telekanallarida ko`rinmay qolgan san`atkorlar zangori ekranlarda yana paydo bo`ldi, deb yozadi “Uz24.uz”
Jumladan, bugun O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanallarda namoyish etilgan Konstitusiya qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sahnada qo`shiq kuyladi. Shuningdek, "Navo" telekanalida uning eski qo`shiqlari efirga berilgan bo`lsa, Milliy TV telekanalida esa yangi qo`shig`i premera qilindi.

Xuddi shu kabi O`zbekiston xalq artisti, afsonaviy "Yalla" ansambli xonandasi Farruh Zokirovning ham shlyagerlari "Navo"da yangradi.





