AsosiyJamiyat

Ozarbayjonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi

Hech qanday hujjatlari va mablag‘i bo‘lmagan fuqaro elchixonaga murojaat qilgan.

'Ozarbayjonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi'ning rasmi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari tomonidan Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan hamyurtimiz B.A.ning vatanga qaytishida yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Mamlakatimiz elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 28 noyabr kuni yurtdoshimiz yordam so‘rab O‘zbekiston elchixonasi murojaat qilgan.

Ta’kidlanishicha, B.A. 2022 yilning noyabr oyida ishlash maqsadida Boku shahriga kelgan.   Bir necha oy avval ehtiyotsizlik sabab shaxsiy hujjatlari va pul mablag‘larini yo‘qotgan.

Diplomatik vakolatxona xodimlari ko‘magida vatandoshimizning O‘zbekistonga qaytishi uchun ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, homiylar yordami bilan unga  "Boku-Toshkent" aviaqatnoviga chipta sotib olib berildi va fuqaro O‘zbekistonga yuborildi.  

    Boshqa yangiliklar