2016 yilda “Lokomotiv” jamoasi o`zi ishtirok etgan 3 ta musobaqaning 2 tasida zafar quchdi. Ayniqsa, mamlakat chempionatida oltin medallarning qo`lga kiritilganligi “Temiryo`lchilar” jamoasi ishqibozlarini behad quvontirdi.
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, “Loko”ning Oliy ligada chempionlikka erishishida jamoaning boshqa a`zolari qatorida hujumchi Temurxo`ja Abduxoliqovning ham xissasi katta bo`ldi. Mahoratli futbolchi mavsum davomida ichki chempionatimizda 22 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi va “Oliy liga to`purari” nomiga ega chiqdi.
Quyida e`tiboringizga “Lokomotiv”ning Oliy ligada ishtirok etgan yillaridagi to`purarlari ro`yxatini keltirib o`tamiz. Diqqatga sazovor jihati shundaki, shu paytga qadar hech bir to`purarimiz bir mavsum davomida Oliy ligada 20 tadan ortiq gol kiritmagan edi. Temurxo`ja bu borada birinchi bo`ldi.
"Lokomotiv"ning barcha mavsum to`purarlari:
2004 yil - Marsel Idiatullin - 7ta
2005 yil - Marsel Idiatullin - 11ta
2006 yil - Marsel Idiatullin - 12ta
2007 yil - Ilhom Mo`minjonov - 5ta
2008 yil - Olim Navkarov - 9ta
2009 yil - Muzaffar Umrzoqov - 10ta
2010 yil - Aram Voskanyan, Muzaffar Umrzoqov - 3ta
2012 yil - Zayniddin Tojiev - 12ta
2013 yil - Farhod Tojiev - 17ta
2014 yil - Farhod Tojiev - 13ta
2015 yil - Sanjar Shoahmedov - 14ta
2016 yil - Temurxo`ja Abduxoliqov - 22ta





