AsosiyJamiyat

O`zbekistonda prokuratura xodimlari kunini nishonlash to`g`risida qonun qabul qilinadi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 6 dekabrda bo`lib o`tgan majlisida “O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to`g`risida"gi qonun qabul qilindi. Hujjat tasdiqlash uchun Senatga yuboriladi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” parlament quyi palatasi axborot xizmatiga asoslanib.

Yig`ilishda ta`kidlandiki, prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktikasini ta`minlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag`batlantirishga xizmat qiladi. Mazkur sananing aynan qaysi kunga belgilanishiga hozircha oydinlik kiritilgani yo`q.

Boshqa yangiliklar