Buyuk Brtitaniyada yashovchi Sacha Dench ismli ayol so`nggi 15 yil mobaynida kamayib ketgan, ovchilarning o`ljasiga aylangan oqqushlar muammosiga e`tibor qaratish maqsadida La-Mansh uzra paramotorda uchib, o`tdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Ayolning sayohati 2016 yilning sentyabr oyida boshlangan bo`lib, uni OAVlar “Oqqush inson”, deb atagan. Sacha Denchning bunday sayohatga chiqishiga kamyob oqqushlarning qishki parvozni amalga oshirishdagi mashaqqatlari, ularning ov qilinishi sabab bo`ldi.
Sayohat davomida ayolning oyog`i shikastlandi va Sankt-Peterburg shahrida MRT skaneridan o`tishga majbur bo`ldi, oqibatda paramotorning yoniga mashinada sayohat qilish ham qo`shildi.
U o`z sayohati haqidagi ma`lumotlarni Instagram ning alohida akkauntiga joylashtirdi. Ayol 11 ta mamlakat chegarasidan o`tib, 7 ming kilometr masofani bosib o`tdi.
Dramatic Bewick's take off from a German stopover lake. #TogetherWeFly #REDDragon
Video opublikovano Flight Of The Swans (@wwt_swanflight) Dek 2 2016 v 12:49 PST





