Evropa axborot uzatish ittifoqi yana “Evrovidenie-2017” musiqiy tanlovining Kievdan Moskvaga ko`chirilishini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Ularning bunday fikrga kelishiga Ukraina hukumatining qaror chiqarish vaqti kelganiga qaramay, tanlov uchun mablag` ajratmayotgani sabab bo`ldi.
Xonanda Jamolaning g`alabasidan faxrlangan Ukraina hukumati tanlovni qaysi shaharda o`tkazishni hal etolmagani, shou uchun yaxshi maydon yo`qligi va eng asosiysi mablag` ajrata olmaganligi tufayli tanlovni Moskvaga ko`chirish masalasi ko`rib chiqilmoqda.
Mazkur muammoga barham berish uchun Evropa axborot uzatish ittifoqi 8 dekabr kuni yig`ilish o`tkazib, aniq bir qarorga kelishi rejalashtirildi.





