AsosiyDunyo

Indoneziyadagi zilzilada 18 kishi halok bo`ldi

Indoneziyada chorshanba kuni ertalab sodir bo`lgan zilzila oqibatida 18 kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi Detik.com nashri.

Er osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 05:03 sodir bo`ldi. AQSh Geologik xizmatining xabar berishicha, zilzila magnitudasi 6,5 tashkil qildi. Zilzila epimarkazi Sumatra orolida qayd etilgan.

Ayrim binolar vayron bo`lgan, ularning ostida odamlar bo`lgan. Favqulodda holat joyiga qutqaruv xizmatlari yo`naltirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar