AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev bilan Dmitriy Medvedev o`rtasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev o`rtasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 5 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. 

Rossiya Hukumati Raisi Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g`alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi, deya xabar beradi O`zA. 

Tomonlar yaqinda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo`yicha oliy va yuksak darajada o`tgan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qildi. 

Shavkat Mirziyoev va Dmitriy Medvedev O`zbekiston va Rossiya delegasiyalarining turli darajadagi amaliy tashriflari yakunlari, hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha muhim bitimlar tuzilganini ijobiy baholadi. 

Suhbat chog`ida o`zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi. 

 

    Boshqa yangiliklar