AsosiySUG'DIYONA

Ranglar «bashorat» qiladi! tirnoq uchun lak tanlashingiz xarakteringizga bog`liq!

  • Qizil rangli lak bo`yog`ini yoqtiradigan ayollarning o`zlariga ishonchi baland, katta davralarda ajralib turishdan cho`chishmaydi. Har ishda faqat o`z bilimlariga suyanishadi. Bunday xarakterli ayollar tashqaridan kuchli ko`rinsalar-da, ichki olamlari nihoyatda ta`sirchan.
  • Qora bo`yoq tavakkalchilarning uslubi. Odatda bunday rangni qizil, pushti yoki sariq lak bilan aralashtirib surtishadi. Qora rangni tanlagan ayol bilan muomalaga ehtiyot bo`lish lozim. Chunki u o`zini xafa qildirib qo`yadiganlardan emas.
  • Oq rangli lak bilan fransuzcha manikyur qilish urf bo`lgan. Bu rang ko`ngilchan ayollarning tanlovi. Libosi, yurish-turishi va u haqida bildirilgan fikrlarga befarq bo`lmagan ayollar ushbu rangni ma`qul ko`rishadi. Ha-ya, agar qo`l terisi quyoshda qoraygan bo`lsa, oq rangdan foydalanmagan durust.
  • Och pushti rangli lak kundalik foydalanish uchun qulay. Bu rangni o`ziga ishonchi baland, qat`iyatli va uddaburon ayollar tanlashadi. Surtilganida ajralib turmasligi, ham bir necha kunga etishi bilan asqotadi.
  • Moviy rang lakni libosiga moslab surtish har kimning ham qo`lidan kelavermaydi. Bu rangning ixlosmandlari qaerda va kimga qanday muomala qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Xarakter jihatdan esa og`ir-bosiq insonlar.
  • Ko`k rang yangiliklardan cho`chimaydiganlarning tanlovi. Asosan o`rta yoshli ayollar ko`k rangli lakdan foydalanishadi.
  • Siyohrang lakdan foydalanadigan ayollar etti o`lchab bir kesadigan hilidanlar. Ularda kuzatuvchilikni ko`rish mumkin. Ammo qaysarliklari ham yo`q emas.

Boshqa yangiliklar