Zarur masalliqlar (4 kishilik): qiymasiga: 500 gr. go`sht qiymasi, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 5 osh qoshiq non talqoni, 2 osh qoshiq ketchup, o`simlik yog`i, tuz, qora murch. Ichiga solishga: 300 gr. tvorog, 2 osh qoshiq smetana, qizil bulg`or qalampiri (qovurilgan yoki «lecho»dagisi), 1 bog` rayhon, kinza va peshtrushka, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to`g`rab, go`sht qiymasiga qo`shing. Tuxum, non talqoni va ketchupni ham soling (1- rasm). Tuz, murch sepib, aralashtiring.
2. Qiymani qalinroq sellofan ustiga solib, 7 mm. qalinlikda to`rtburchak shaklda yoying (2-rasm).
3. Maydalangan ko`katlar va smetanani tvorog bilan aralashtiring. Keyin yoyilgan qiyma ustidan soling. Ustidan bulg`or qalampiri bo`laklarini qo`yib chiqing (3-rasm).
4. Sellofan yordamida go`sht qiymasini rulet shaklida o`rang (4-rasm). Yog`langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.





