AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev MDH Ijroiya qo`mitasi raisi hamda ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil 5 dekabr kuni MDH Ijroiya qo`mitasi raisi –ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi, deya xabar beradi O`zA. 

Suhbat chog`ida O`zbekiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi kuzatuvchilar missiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida samarali ishlagani, ushbu jarayon hamda saylov yakunlarini yuqori baholagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Sergey Lebedev Prezident saylovi monitoringida ishtirok etishga taklif etgani va MDH kuzatuvchilar missiyasi a`zolari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgani uchun tashakkur bildirdi. 

Hamdo`stlik doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo`yicha atroflicha fikr almashildi. 

Shu kuni O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimovni qabul qildi. 

Tomonlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishni kuzatish bo`yicha ShHT vakillarining xulosalari to`g`risida fikr almashdilar. 

Rashid Alimov O`zbekiston Prezidenti saylovi mamlakatda demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirish borasida muhim qadam bo`lganini ta`kidladi.

O`zbekiston rahbari ShHT kuzatuvchilariga ochiq, erkin va demokratik sharoitlarda o`tkazilgan saylov kampaniyasi davomida amalga oshirgan samarali ishlari va yakuniy xulosalari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Tomonlar ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar. 

 

    Boshqa yangiliklar