“O`zbekiston temir yo`llari” AJ Andijon va Moskva o`rtasida Toshkent orqali qatnovchi yangi tez yurar poezd harakati yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” OAJ matbuot xizmatining xabar berishicha, poezd 2016 yil 16 dekabrdan boshlab xarakatlanishni boshlaydi.
Ushbu yo`nalishda reyslar haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
Poezd 3 kunda manzilga etib boradi. Qatnov vaqti 74 soatni tashkil qiladi.





