AsosiyJamiyat

Xitoylik kuzatuvchi: “O`zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi”

Xitoy xalq Respublikasidan yurtimizdagi muhim siyosiy jarayonni kuzatish uchun tashrif buyurgan Syuy Tao janobi ham bugungi kun bayram kabi o`tayotganini alohida e`tirof etdi.

—  Men O`zbekistondagi saylov jarayonini kuzatish jarayonida Andijonga tashrif buyurdim. U erda komissiya a`zolari bilan uchrashdik. Barchasi bugungi muhim siyosiy jarayonga  sidqidildan xizmat qilmoqda. Bugun ertalab esa Toshkentdagi 14-saylov okrugiga tashrif buyurib, komissiya a`zolarining faoliyati talab darajasida tashkil etilganiga guvoh bo`ldim. Har bir saylov uchastkasida tashkil etilgan ona va bola xonalari, tibbiy yordam ko`rsatish xonalari e`tiborimni tortdi. 

Men kuzatishlarim jarayonida saylov komissiyasi a`zolaridan tashkil etilgan tibbiy yordam xonalariga murojaat qilganlar bo`ldimi, degan savol bilan murojaat qildim.  Birorta ham ko`ngilsiz holat kuzatilmaganini ta`kidlashdi. Ertalab soat 8 dayoq ro`yxatga kiritilganlarning 50-55 foizi ovoz berib bo`lgandi.

Komissiya a`zolarining kiyinishi ham mening e`tiborimni tortdi: liboslarda milliylik ifoda etilgan. O`zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi, ana shu ma`noda saylovda ishtirok etib ovoz berishmoqda.

O`zbekiston xalqi bilan saylov kuni ro`para kelsam, har biridan albatta bayram bilan deya tabriklashganiga guvohi bo`ldim. Yana bir alohida e`tiborli jihat shuki, barcha saylovchilar kundalik yumushlarini ikkinchi darajaga qoldirib, avval ovoz berishga borishganidir. Garchi mening ovoz berish huquqim bo`lmasa-da, ko`kragimga “Men ovoz berdim, siz-chi?” degan shior yorliq yopishtirishdi. Bu O`zbekiston kelajagi buyukligidan dalolatdir.

Boshqa yangiliklar