Toshkentdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan press-klub o`z faoliyatini samarali tarzda davom ettirmoqda. Press-klub mehmoni Quvayt OAVsi xodimi Ossama Srour O`zbekistonda bo`lib o`tayotgan saylovlar haqida fikr bildirdi.
Ossama Srour, Quvaytning “Arab Times” gazetasi muxbiri:
—Biz Buxoro viloyatidagi bir nechta saylov uchastkalarida bo`ldik.
Toshkentda tashkil etilgan press-klub jurnalistlar uchun ko`plab qulayliklarni yaratdi. Men ko`plab davlatlarda bo`lib o`tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O`zbekistonda saylovchilar, jurnalistlar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar maqtovga sazovor. Men ayni paytda Quvaytdagi ommaviy axborot vositalari uchun bir qator materiallar tayyorladim.





