AsosiyJamiyat

Germaniyalik jurnalist: “Saylovchilarning saylov uchastkalarida suratga tushish imkoniyati bizda yo`q”

Xalqaro kuzatuvchilarning Elections.uz-2016 press-klubiga tashrifi davom etmoqda.

Jerald H. Yubersher, jurnalist, rejissyor (Germaniya)

—  O`zbekistonda juda ko`p bor kelganman, go`zal mamlakat. Menda bu erning odamlari ham katta tassurot qoldirgan. O`zim ham yurtingizdagi bir qancha ma`rifat vakillari bilan hamkorlik qilaman. San`at ahli vakillarini hurmat qilaman. Mamlakatingiz menga juda yoqadi. 

Saylov jarayoni haqida gapiradigan bo`lsam, bir necha saylov uchastkalariga tashrif buyurdim, jarayonga juda puxta tayyorgarlik ko`rilgan. Ayniqsa texnik ta`minlanganlikni alohida e`tirof etish kerak. Andijon va Surxondaryodagi saylov uchastkalaridagi tashrifim chog`ida yana bir jihat mening e`tiborimni tortdi: bu saylov uchastkalarida saylovchilarning suratga tusha olish imkoniyati. Masalan, shu jihatni Germaniya bilan solishtirganda, bizda bunday imkoniyat yo`q.

Boshqa yangiliklar