Ilgiz Tantashev boshchiligidani o`zbekistonlik hakamlar guruhi Myanma va Tailand o`rtasidagi “Suzuki Kubogi” yarim final uchrashuvini boshqarib boradi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvga bosh hakam etib tayinlangan Ilgiz Tantashevga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi Aziz Asimovga yuklatildi.
Mazkur uchrashuv 4 dekabr kuni Myanmaning Yangon shahrida bo`lib o`tadi.





