Xalqaro futbol federasiyasi – FIFA 2017 yil uchun tashkilotning xalqaro ro`yxatiga kiritilgan hakamlar ismini tasdiqladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
FIFAning 2017 yil uchun ro`yxatidan o`zbekistonlik hakamlardan quyidagi referilar o`rin oldi:
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Sherzod Qosimov, Aziz Asimov, Dmitriy Pislegin, Axrol Risqullaev.
Hakamlar assistentlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Ma`mur Saidqosimov, Husniddin Shodmonov, Ruslan Serazitdinov, Andrey Sapenko, Alisher Usmonov, Timur Gaynullin, Sanjar Shoyusupov.
Futzal hakamlari: Anatoliy Rubakov, Umid Po`latov, Iskandar Zoitov, Jamoliddin Qosimov.
Plyaj futboli bo`yicha hakam: Baxtiyor Nomozov.
Ayol hakamlar: Anna Sidorova, Edita Mirabidova.
Ayol hakamlar assistenlari: Zilola Rahmatova, Kristina Sereda.





