Xonanda Munisa Rizaeva “PressClub: Elections.uz—2016” press-klubiga tashrif buyurib, saylov jarayoni haqidagi firklari bilan o`rtoqlashdi.
Munisa Rizaeva, xonanda:
—Bugun yurtdoshlarimizning kayfiyati a`lo darajada. O`zbekistonda saylovlarning bunday ko`tarinki ruhda o`tayotganini birinchi marta ko`rishim. Har bir inson o`zining konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda Prezident saylovida ishtiirok etish kerak deb o`ylayman. Men ham biroz tobim yo`qligiga qaramay, 85-saylov uchastkasiga bordim. Bu saylov uchastkasida musiqa yangrab turibdi. Menga u erda saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar judayam yoqdi. Hali ovoz berishga ulgurmaganlarga esa Vatan taqdiriga befarq bo`lmang va saylovda faol ishtirok eting, deyman!





