O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma`lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazidan xabar berilishicha, soat 12.00 ga qadar saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 45,52 foizi ovoz berib bo`lgan. Bu esa saylovchilarning qariyb 9,3 millioni demakdir.
Saylov jarayoni davom etmoqda.





