Bugun, 4 dekabr O`zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo`lib o`tmoqda. O`zbekistonnning ko`p sonli aholisi qatorida taniqli san`atkorlar, davlat va jamoat arboblari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Ahmedovaning bugungi muhim siysiy jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Lola AHMEDOVA, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:
— Bugun yurtimizda bayram, desak ham bo`ladi. Hammamiz uchun kelajagimizga munosib nomzodni tanlash o`ta muhim. Men ham Chilonzor tumanidagi saylov uchastkasidan mamlakatimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib bo`lgan nomzodga ovoz berdim. Albatta, saylovni o`tkazishga tayyorgarlik, targ`ibot tashviqotlar o`zimiz uchun munosib nomzodni tanlashimitzga asos bo`ldi. Albatta bugun kungacha hammamizning oldimizda bir savol turgandi: Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimov bizga meros qilib qoldirgan shunday go`zal, ozod, obod Vatanni kelajak avlodga bekamu-ko`st, yanada yuksak taraqqiyot bilan etkazib bera oladigan, bir so`z bilan aytganda kelajagimiz uchun har bir jabhada mas`ul bo`ladigan davomchi kim bo`lishi mumkin? Bugun ana shu savolga har birimiz javob berdik. O`ylaymizki, biz tanlagan nomzod ana shunday mas`uliyatni etarli darajada bajara oladi. Biz bunga ishonamiz!





