AsosiyJamiyat

Xatamjon Ketmonov saylov uchastkasiga rafiqasi bilan tashrif buyurdi(Foto)

XDPdan nomzod Xatamjon Ketmonov Toshkentning Olmazor tumanidagi 282-saylov uchastkasida ovoz berdi.

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov Toshkentning Olmazor tumanidagi 282-saylov uchastkasida mamlakat Prezidenti saylovida ovoz berdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Xatamjon Ketmonov uchastkaga o`z turmush o`rtog`i bilan tashrif buyurdi. U uchastka saylov komissiyasi a`zolari, shu erdagi fuqarolar va kuzatuvchilar, jumladan, xorijlik kuzatuvchilar bilan suhbatlashdi.

Nomzod saylov uchastkasiga xush kayfiyatda tashrif buyurgan insonlarni ko`rishdan mamnunligini qayd etdi.

Mazkur uchastkada 2978 nafar saylovchi ro`yxatga olingan. 8:45 da 900 kishi ovoz berib ulgurdi. Odamlar kelishda davom etmoqda.



Boshqa yangiliklar