AsosiyJamiyat

Qozog`istonlik jurnalist: “Kim g`alaba qozonishidan qat`iy nazar O`zbekistonda hammasi zo`r bo`ladi”

“Elections.uz-2016” press-klubida 3 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun kelgan bir qator xalqaro tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar saylov komissiyalarining vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Keyingi suxbatdoshimiz qozog`istonlik jurnalist “Xabar” agentligi muxbiri Artyom Petrov.

“Ilk taasurotlarim bizni aeroportdan kutib olishlaridan boshlandi. To`g`risi, aeroportda bizni VIP zalda kutib olishlari, bojxona nazoratidan o`tishimizda yaratilgan qulayliklar bularning barcha-barchasi saylov jarayonining qay darajada tashkillashtirilganidan dalolat beradi.

Tashrif buyurishimiz bilan matbuot markaziga tashrif buyurib, akkreditasiyadan o`tdik, so`ngra O`zbekistonda ilk bor tashkil etilgan press-klubga tashrif buyurdik. Men ko`p joylarda bo`lganman, lekin hech qanday mubolag`asiz aytishim mumkin, bu erdagi press-klubda jurnalistlarga yaratilgan shart-sharoitlar juda yuqori darajada. 

Saylov jarayoniga kelsak, biz Toshkentdagi bir nechta saylov uchastkalarida bo`ldik. Meni eng ajablantirgani uchastkalarda bolalar xonasi yaratilgani bo`ldi. Bizni mamlakatda saylovda odamlar navbat kutadi, bolalar qiynalib ketadi, bu holat esa noqulayliklar tug`diradi. Bu erda esa odamlar farzandini bolalar xonasidagi tarbiyachiga qoldirib, o`zlari ularga chalg`imay ovoz berish huquqlarini bajarishlari mumkin. 

O`zbekistondagi ushbu saylovning yana bir ahamiyatli tomoni bu mustaqil xalqaro kuzatuvchilarning ko`pligi. Aslida bu siyosiy hodisa nafaqat O`zbekiston balki butun dunyo uchun muhim sanaladi. Sababi O`zbekiston dunyoda o`zining alohida o`rniga ega bo`lgan mamlakat.

Men har bir nomzodning dasturi bilan tanishib chiqdim, barcha nomzodlarning dasturida faqat xalq manfaati yotganini ko`rdim, shu sababdan ishonch bilan aytishim mumkinki, kim yutishining ahamiyati yo`q, sizlarda hammasi zo`r bo`ladi.”

Boshqa yangiliklar