AsosiySport

O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati–2018 turniriga saralash bosqichida ishtirok etadi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi 2018 yili Iordaniyada bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati turniriga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi o`yinlari 2017 yilning 3–11 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. 

2017 yilning 20 yanvar kuni Iordaniya poytaxti Ummon shahrida saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Unda 21 terma jamoa 4 guruhga bo`linadi.

O`z guruhida g`alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko`ra eng yuqori reytingga ega bo`lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo`shiladi.

Shu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Fransiyada iyun/iyul oylarida bo`lib o`tadigan ayollar o`rtasidagi JCh–2019 musobaqasiga yo`llanma oladi.

    Boshqa yangiliklar