AsosiyJamiyat

Sergey LEBEDEV: “Nomzodlar boshqalardan farqli o`laroq bir-birining sha`nini bulg`amagan holda o`z dasturlarini targ`ib qilishdi”

O`zbekistonga MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev tashrif buyurdi. Tashrifi chog`ida bugun Lebedev “Elections-2016” press-klubining navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi.

Jurnalistlar bilan suxbat chog`ida Sergey Lebedev bugun mamlakatimizda kechayotgan muhim jarayon to`g`risida quyidagi fikrlarni aytib o`tdi: 

“Men O`zbekistonda tug`ilib, o`sganman. Saylov jarayonlari haqida gapiradigan bo`lsam, man bir qator, jumladan Jizzax viloyatidagi, bugun esa sukunat kuni bo`lishiga qaramay Toshkentdagi saylov uchastkalariga tashrif buyurib, juda ko`p ijobiy taassurotlarga ega bo`lganimni aytmoqchiman. Saylov uchastkalari uchun tanlagan joylarning asosiy qismini oliy ta`lim muassasalari, maktab binolari, madaniyat uylari binolari tashkil etishi bizni quvontirdi. 

Saylovoldi tayyorgarliklarning axborotlari, nomzodlarning saylovoldi dasturlari, ular haqidagi ma`lumotlarning ham o`zbek, ham rus tilida aholiga etkazilayotgani tahsinga sazovor. Saylov uchastkalarida aholi o`zini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishi uchun etarli sharoitlar yaratilgan. 

Biz kuzatuvlarimiz jarayonida saylov uchastka vakillari bilan suhbatlashdik. Ularning saylovchiga etarli darajada axborot bera olishiga ishonch hosil qildik va o`tkazilgan seminarlar, treninglar samarasini berganiga guvoh bo`ldik. Bundan tashqari saylov jarayoniga uchastkalarning tayyorligini ko`zdan kechirib, har bir saylov uchastkalarida tashkil etilgan ona-bola, tibbiyot xonalariga guvoh bo`ldik. Shuningdek, O`zbekistondagi saylov jarayonlarida imkoniyati cheklanganlarning ovoz berishini tashkil etish uchun alohida xonalarning mavjudligini  alohida e`tirof etish kerak.

O`zbekistonga har yili tashrif buyuraman. Har tashrifimda yangidan-yangi ijobiy o`zgarishlarga guvoh bo`laman. Yangi yo`llar, yangi zamonaviy binolar nafaqat meni, boshqa hamdustlik mamlakatlari vakillarini ham albatta quvontirmay qolmaydi.

Har bir nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanisharkanmiz, ularning barchasida bitta maqsad, ya`ni O`zbekiston xalqi hayoti va kelajagini yanada ijobiy tomonga o`zgartirish o`rin olgan.

Yaqinda AQShda bo`lib o`tgan saylov jarayonlarini barcha kuzatgani shubhasiz. Guvohi bo`lganimizdek, AQSh prezidentligiga qo`yilgan nomzodlar bir-birining sha`niga bildirgan salbiy fikrlar hech kimni e`tiboridan chetda qolmagani aniq. Ammo ulardan farqli o`laroq, O`zbekistonda saylov kampaniyasi ham, nomzodlarning dasturlari ham faqat ijobiy jihatlarni qamrab olgan. Nomzodlar bir-birining sha`nini bulg`amagan holda o`z dasturlarini targ`ibotini tashkil etishdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun nomzodi qo`yilganlarning asosiy maqsadi saylovchilarni ishonchini qozonishdan iborat. 9 yildan buyon saylov jarayonlarini kuzatar ekanman, MDH davlatlari o`rtasida har doim bu jarayonda o`rganadigan jihatlar bo`ladi.

Boshqa yangiliklar