“Sharq” guruhi yakkaxonlari Sarvar va Tatyana 26 noyabr kunlari ota-onalik baxtiga sazovor bo`lgan edi.
O`g`il farzandli bo`lgan xonandalar bugun, 3 dekabr kuni chaqaloqni uyga olib ketishdi. Bu haqda guruh yakkaxoni Tatyana o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday deydi:
“Bizning eng katta orzuimiz ushaldi. Bizga bu ajoyib mo`jizani bergan Ollohga shukur! Do`stlar, tabriklaringiz, samimiy tilaklaringiz va mehringiz uchun rahmat!”.





