“Press-club: Elections.uz-2016” matbuot klubi uchrashuvlari doirasida xalqaro kuzatuvchilar mamlakatimizda qizg`in pallaga kirgan muhim siyosiy jarayon haqida o`z fikrlari bildirishmoqda.
Sofi ISMOIL YuNUS, G`ozi Universiteti o`qituvchisi, Adolat va taraqqiyot partiyasining sobiq deputati, kuzatuvchi (Turkiya):
— O`zbekistonga ikkinchi marotaba tashrif buyurayapman. Oldingi saylov jarayonida ham ishtirok etganman. Bu yilgi saylov jarayonlari tashkiliy tarafdan ochiq-oydin, ya`ni, demokratiyaga xos tarzda o`tkazilyapti. Boshqa davlatlardan yashovchi ko`p insonlar O`zbekistonni demokratiyadan uzoq bo`lgan davlatlar safida, deb o`ylashadi. Lekin, men o`ylaymanki, bu saylovga tashrif buyurishgan xorijiy mamlakatlar vakillari amin bo`lishadiki, O`zbekistondagi saylov jarayonlari ochiq, oshkora, demokratik tarzda olib borilyapti. Va ular o`z mamlakatlariga bu haqiqatni etkazishadi, degan umiddaman.
Saylov uchastkalarini kuzatish jarayonida bir narsaga amin bo`ldimki, ona va bola xonasi, u erdagi psixologlarning bolalar tarbiyasi bilan shug`ullanishi, tibbiyot xonalari judayam mukammal tarzda rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan, deb hisoblayman. Turkiyaga borganimda ham bularni hammasini baham ko`raman.





