Poytaxtning “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi o`z ishini davom ettirmoqda. Press-klub xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAVlar, davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonga jamladi.
Manfred Menges, xalqaro kuzatuvchi(Avstriya):
—Men O`zbekistonga bundan 4 yil avval ham kelganman. Oradan 4 yil o`tgach, yurtingizda bo`lgan katta o`zgarishlarni his etdim. O`zbekiston-shubhasiz, kelajagi buyuk davlat. Bu tashrifim O`zbekistondagi muhim siyosiy hodisa—Prezident saylovi arafasida bo`lganidan mamnunman va bu saylovlarda Avstriyadan kuzatuvchi bo`lib ishtirok etish men uchun sharaf. O`zbekistonda saylovni yoritish uchun xorijiy va mahalliy OAVlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar ham tahsinga sazovor. Xususan, yurtingizda saylovni yoritish uchun ilk marta tashkil etilgan “PRESS CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubini ham e`tirof etishim mumkin. 4-dekabrda bo`lib o`tadigan Prezident saylovi ham yuqori ruhda o`tishi, shubhasiz”





