AsosiySport

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: “Temiryo`lchilar” oliy ligada har bir jamoani mag`lub etdi

2016 yilgi mavsum Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi uchun juda muvaffaqiyatli tarzda kechdi. “Temiryo`lchilar” jamoasi 2016 yilda va nihoyat O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritdi va o`z muxlislarini chempionat oltin medallari bilan xushnud etdi.

Ana endi mavsum yakunlariga e`tibor qaratsak ham bo`ladi. Shu o`rinda alohida ta`kidlash joizki, “Loko” joriy yilgi mavsumda 9 ta uchrashuvni yirik hisobdagi g`alaba bilan yakunladi. Eng yirik hisob esa “Navbahor” bilan uchrashuvda qayd etildi. O`sha bellashuvda “Temiryo`lchilar” raqib darvozasiga javobsiz 5 ta to`p kiritishdi. 4 ta o`yinda esa 4:0 hisobida zafar quchildi.

Yana bir qiziqarli ma`lumot shundan iboratki, “Lokomotiv” oliy liga doirasida har bir jamoani hech bo`lmasa bitta uchrashuvda bo`lsa ham mag`lub etdi. 13 ta bellashuvda esa jamoa darvozasi daxlsizligi saqlab qolindi.

Shuningdek, kubok bellashuvlarida ham “Lokomotiv” g`alaba qozondi. Kubokdagi eng yirik hisob esa 1/8 final o`yinlari doirasida “UzDongJu” bilan o`tgan matchda qayd etildi. O`shanda “Loko” futbolchilari “Bo`yoqchilar” darvozasini javobsiz 9 bor ishg`ol etishdi.

OLIY LIGADAGI YIRIK HISOBDAGI G`ALABALAR:

«Lokomotiv»– «Navbahor» – 5:0

«Lokomotiv» – «Neftchi» – 4:0

«Lokomotiv» – «Olmaliq» – 4:0

«Mash`al»– «Lokomotiv» – 0:4

«Lokomotiv» – «Qo`qon-1912» – 4:0  

«Olmaliq»  – «Lokomotiv» – 2:5

«Lokomotiv» – «So`g`diyona» – 4:1.

«Lokomotiv» – «Metallurg» – 4:1  

«Lokomotiv» – «Sho`rtan» – 3:0

KUBOK BAHSLARIDAGI YIRIK G`ALABA:

«Lokomotiv» — «UzDongJu» 9:0

    Boshqa yangiliklar