30 noyabrdan rasman o`z faoliyatini boshlagan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubida xalqaro OAV vakillari ham faol.
Rafael Nektalov, The Bukharian Times haftalik gazeta bosh muharriri:
— Agar O`zbekistondagi saylov jarayoni haqida gapiradigan bo`lsam, bir narsani aytishim mumkin: O`zbekistonda bugungi kunda ko`ppartiyali tizim hayotda yaqqol o`z ifodasini topyapti va juda jiddiy e`tibor qaratilmoqda.
Buni o`z saylovda nomzodi qo`yilgan shaxslardan ham bilish mumkin. Ular o`z saylovoldi dasturida juda muhim masalalarga e`tibor qaratgan va har biri g`oliblik uchun ochiq, oshkora va adolatli kurash olib bormoqda. Bunga kuzatuvlarim jarayonida guvoh bo`ldim. Saylovga nomzodlarning bunday yondashuvi esa ishonchni oshiradi.
O`zbekiston o`zining tinchlik va osoyishtaligi bilan faxrlansa bo`ladi. Bugungi kunda dunyodagi tahlikali vaziyatdan qancha bolalar, qanchadan qancha keksalar aziyat chekayotgan bir paytda yurtingizdagi tinchlik alohida e`tirof etiladigan jihat hisoblanadi, deb o`ylayman.
O`zbekiston bo`ylab safarlarim chog`ida guvoh bo`lyapmanki, yurtingizda qancha ijobiy o`zgarishlar yuz bergan. Albatta bunday yutuqlar zamirida O`Zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning (joylari jannatda bo`lsin) mehnati yotganinini alohida e`tirof etish zarur. Birinchi Prezident yaratib ketgan mana shunday yo`lni o`ylaymanki, 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayon — O`zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga qo`yilgan nomzodlarning har biri katta potensial bilan davom ettiradi.





