Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 gr. margarin, 100 gr. mayonez, 2 dona tuxum, 1 choy qoshiq sirkada so`ndirilgan iste`mol sodasi, 1,5 choy qoshiq xamiryumshatgich; ichiga solishga: maymunjon jemi yoki murabbosi.
Tayyorlanishi: 1. Qirg`ichdan o`tkazilgan margarinni 2 st. un bilan uvalab oling. Aralashmadan yarim piyola ajratib qo`ying.
2. Margarinli masalliqqa tuxum va iste`mol sodasi qo`shilgan mayonezni qo`shing. Unning qolgan qismini solayotganda xamiryumshatgichni ham aralashtirib oling. Xamir yumshoq chiqishi kerak.
3. Tayyor xamirni gaz pechi patnisiga joylab, ustiga maymunjon jemini surting. So`ng margarinli aralashmadan olib qo`yilganini sepib chiqing.
4. Pishiriq 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida tayyor bo`ladi.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
8 kishilik





